Xorazm viloyatining Urganch shahrida Qo‘l jangi federatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada sportchilar 8 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Xorazm viloyati, 2-o‘rinni Navoiy viloyati hamda 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoalari egalladilar.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.