Navoiy viloyati FVBda "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" mavzusida viloyat FVB rahbariyati, hamkorlikdagi idora vakillari va mas’ul xodimlar ishtirokida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari talablariga, "Odob-axloq me'yorlari"ga qatiy rioya qilinishi, korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatlar, mamuriy huquqbuzarliklar va harbiy intizom talablarining qo‘pol ravishda buzilishi kabi masalalar yuzasidan harbiy xizmatchi va xizmatchilarga targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borildi.