Dovonda profilaktik tadbirlar

FVV "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida dovondagi ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi xonadonlarining yong‘in xavfsizlik holati bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda fuqarolar bilan “Yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish” va “Is gazidan muhofazalanish” kabi mavzular yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.