Ushbu loyiha doirasida mamlakatimizda millionlab mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil maydonlar barpo etilmoqda. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham loyihada faol ishtirok etmoqda. Xususan, Kuni kecha, ''Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i'' yaratilib, u yerga manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.