FVV Akademiyasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent texnologiya menejment kommunikatsiya instituti, Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchilari va talabalari, Yangihayot va Sergeli tumanlarining maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, tumanning faol yoshlari, keng jamoatchilik hamda OAV xodimlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv ishtirokchilariga qish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ularning nazariy va amaliy ko‘nikmalari shakllantirildi. Shuningdek, yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirish uchun ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.