Toshkent shahar FVB xodimlari “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda shaharning barcha tumanlarida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berilib, mavzuga doir eslatma, buklet va boshqa tarqatma materiallari tarqatilmoqda.