Xorazmda oylik doirasidagi tadbirlar

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Xorazm viloyati FVB xodimlari daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda. Mazkur tadbirlarda alohida e'tibor aholi xonadonlari va isitish qozonxonalarining yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga qaratilib, tushuntirish, targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.