Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning farzandlari ajdodlar merosi bilan yaqindan tanishib, ularga nisbatan g‘urur va iftixor tuyg‘usini his etdilar.