#Profilaktika_24/7 

Yong‘inlarning oldini olish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari barcha fuqarolarga ma’lumotlarni yetkazmoqda. Kuni kecha, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar mehnat qilayotgan korxonada bo‘lib, surdo-tarjimon orqali fuqarolarga yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida tavsiyalar berdi.