Yana bir ajoyib natija

Ayni kunlarda Istanbul shahrida o‘tayotgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jayrona Abduvaitova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Jayrona Abduvaitova 7,3 soniya natija bilan marraga yetib keldi. Aytish joizki, bu jamoamizning ushbu turdagi ilk kumush medalidir. Birinchi o‘rin Belarus Respublikasi vakili Viktoriya Tishkevichga nasib etdi va kuchli uchlikni rossiyalik Yekaterina Chendakova yakunladi.