Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi harbiy shaharchalarda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishi va uning oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.