Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Zuparov ishtirokida brifing tashkil etilib, unda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Mazkur tavsiyalar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.