#is_gazidan_ogoh_boʻling!

Favqulodda vaziyatlar vaziri topshirigʻiga asosan Markaziy apparat vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga aholini is gazidan zaharlanishlari, yongʻin va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun yuborildi. Hozirda ushbu ishchi guruh tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda .