O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari polkovnik X.Alibayev Qoraqalpog'iston Respublikasida aholini is gazidan zaharlanishlari, yong'in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tuzilgan tezkor-shtablarning ish faoliyatini o‘rganib chiqdi. Xususan, To'rtko‘l, Ellikqal'a va Beruniy tumanlaridagi hokimliklarda tuzilgan tezkor-shtablarda bo'lib, ishchi guruhning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli ishlar olib borish yuzasidan zarur ko'rsatma va tavsiyalar berdi.