Surxondaryo viloyati FVB rahbariyati hamda hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan "Mahalladan-vazirlikkacha" tamoyili asosida yoshlar muammolarini oʻrganish ishlari davom etmoqda. Xususan yoshlar murojaatlariga asosan maʼsullar tomonidan ularga kasb-hunarga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, yer ajratish, tikuvchilik, kosiblik, payvandlash asbob-uskunalari topshirildi. Shuningdek mahalla va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda moddiy yordam masalalari ijobiy hal etildi.