Jizzax viloyatida FVV mas’ul vakili polkovnik Sh.Xalikov va viloyat FVB boshlig‘i tomonidan isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida energetika obyektlarining uzluksiz va barqaror ishlashi uchun tayyorgarlik darajasi va mavjud zahiralari o‘rganildi. Shuningdek, aholi xonadonlarida ham profilaktik tadbirlar olib borilib, unda is gazidan zaharlanish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish borasida tushunchalar berildi.