FVV mas’ul xodimi podpolkovnik S.Abdiyev va Andijon viloyati FVB rahbariyati hamda FVDqT xizmatlari bilan hamkorligida “Yangi yil” bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bayram archasi joylashgan hududlarda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kun-u tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.