G‘amxo‘rlik va e’tibor namunasi

Yangi yil bayrami arafasida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar va masʼullar ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari xonadonlarida bo‘lishib, ularning holidan xabar olindi. Tadbir jarayonida Davlatimiz rahbarining bayram tabriklari yetkazilib, sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.