Bugun soat 13:55 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB tezkor raqamiga 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro B. I. Nukus shaxri A. Dosnazarov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida texnik nosozlik oqibatida qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Xabar bo‘yicha chaqirilgan manzilga Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv guruhi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib amaliy yordam ko‘rsatildi.