Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Yangi yil bayrami tadbirlarini betalofat o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yangi yil bayrami archasi joylashgan hududlarda tungi vaqtda ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish davomida Yangi yil archasining texnik mustahkamligi, yongʻin xavfsizligi holati koʻzdan kechirilib xizmat olib borayotgan xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.