Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy  xizmatchi va xizmatchilarning oila a’zolari uchun Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi. Ushbu tantanadagi sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar, bolajonlar tomonidan aytilgan she’rlar, Qorbobo sovg‘alari hamda ertak qahramonlari bolajonlar va ularning  ota-onalari uchun unutilmas onlarni tuxfa etdi.