Dastlab, Guliston harbiy prokurori tomonidan oʼtgan 2023-yil davomida viloyatdagi harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining tahlili oʼqib eshittirilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʼrtasida qonun buzilish holatlarining oldini olish borasida tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, soʼzga chiqqanlar tomonidan shaxsiy tarkib oʼrtasida harbiy intizomni yanada mustahkamlash, yurtimizda korruptsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi meʼyoriy huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib oʼtildi.