Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Vatanparvarlik oyiligi doirasida Termiz shahridagi maktab oʼquvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirda qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar, yong‘in-qutqaruv texnikalari nomoyishi o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilish usullari amaliy tarzda koʼrsatib o‘tildi.