Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.