Moziyga sayohat

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Vatanparvarlik oyiligi” doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan tarixiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ajdodlar merosi bilan tanishish hamda madaniy dam olish maqsadida, “Amir Temur” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Amir Temur tarixiga oid eksponatlar va o‘sha davr harbiy qurol-aslaha buyumlar bilan yaqindan tanishdilar.