O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 32 yillik bayrami munosabat bilan Namangan Davlat Universiteti talabalari uchun viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ochiq eshiklar kuni hamda “Posboniman muqaddas yurtning” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga dastavval maxsus texnikalar va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan shuningdek, boshqarmada tashkil etilgan muzeydagi eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.