"Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi tadbirlari Qoraqalpog'iston Respublikasida

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB xodimlari tomonidan "Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi tadbirlari doirasida "Berdaq" nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ko'rgazmali-seminar tashkil qilindi. Unda professor-oqituvchilar va talaba yoshlarga yong'inlarning oldini olish va yuzaga kelganda to'g'ri harakatlanish borasida keng tushunchalar berildi.