Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolaga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlar va boshqa turdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.