Navoiyda profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda isitish mavsumida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tadbir davomida fuqarolarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.