O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati va "Vatanparvarlik oyligi" doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuv davomida faxriylari tomonidan o‘zlarining mashaqqatli va sharafli xizmat faoliyati to‘g‘risida so‘z olib borilib, hozirda harbiy xizmatchilarga yartailayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan kursantlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.