Bugun, 13-yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yong‘in soat 10:06 da o‘rab olingan va soat 10:35 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.