“O‘zbekiston 24” telekanalida jonli muloqot

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashi holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati tomonidan “O‘zbekiston 24” telekanalida jonli muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida mutaxassislar tomonidan aholi uchun muhim tavsiyalar bildirildi.