O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son farmoni, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirining “Vazirlik tizimida “Ilmiy jamoa”larni tashkil etish hamda “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 19-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchi va xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ilmiy – amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi Yoshlar akademiyasi mas’ul xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalaridagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazlarining professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy xodimlari, Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavsizligi ilmiy-tadqiqot instituti, Fuqaro muhofazasi instituti, FVV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad - Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilmiy-tadqiqod ishlarni yanada rivojlantirish, faol ilmiy muhit yaratish, harbiy xizmatchi va xizmatchilar, kursant va askarlarni ilm-fanga qiziqtirish, yoshlarda ixtirochilik va ratsionalizatorlik qobiliyatini shakillantirish shuningdek ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdan iborat.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga amalga oshirilgan ishlar, Vazirlik tizimida “Ilmiy jamoalar”ni tashkil etish hamda “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish hamda Vazirlik akademiyasida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash faoliyati va FVV Akademiyasining mustaqil izlanuvchiligiga qabul qilish tartiblari xususida ta’kidlandi.
Seminar davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi Yoshlar akademiyasidan malakali xodimlari tomonidan Yoshlar akademiyasi faoliyati, ilmiy loyiha va startaplarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha batafsil fikr-mulohazalar va tavsiyalar beriildi. Shu bilan bir qatorda taklif etilgan yosh olimlar, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar tomonidan tayorlangan ilmiy ishlanma va maketlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shuningdek, Vazirlikning tegishli mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazlari huzurida “Ilmiy jamoa”lar tashkil etilishi, har yili yanvar-fevral oylarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi, Ko‘rik-tanlov quyidagi 3 ta yo‘nalishda ya’ni, “Eng yaxshi g‘oya va innovatsion ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy ta’minot”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” yo‘nalishlarida tashkil etilish ta’kidlandi. Ko‘rik tanlov ishtirokchilarining takliflari 15-fevralgacha qabul qilinib, ishtirokchilardan kelib tushgan takliflar o‘n kun davomida komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi va 25-fevral kuni g‘olib bo‘lganlar harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni OAV orqali e’lon qilinishini aytib o‘tildi.