Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikda is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar davom etmoqda.