Buxoro viloyati FVB xodimlari maktabda tadbir o‘tkazdi

Buxoro viloyati FVB xodimlari tomonidan “Qalmoqon” MFYda joylashgan Shofirkon ixtisoslashtirilgan maktabida yong‘inlarning oldini olish doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaxarlanishning oldini olish to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarga yong‘in-qutqaruv texnika va anjomlari yaqindan tanishtirildi.