Qashqadaryo viloyatida mahorat darsi tashkil etildi

Bugun, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 2-sektor yoshlari uchun 43-sonli umumta’lim maktabida mahorat darsi tashkil etildi. 

Tadbirda yoshlar ishtirokida shartli yong‘inlarni bartaraf etish harakati va birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari ham amaliy bajarildi. Shuningdek, yoshlar uchun yong‘in-qutqaruv texnika va anjomlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.