Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbariyati boshchiligida ijarada yashovchi talabalar orasida is gazidan zaharlanishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB boshlig‘i A.Davletov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi boshqarmasi, Oliy ta’lim muassalari rahbarlari, shuningdek shahar va hokimliklari vakillari ishtirok etdi. Shundan soʻng, Nukus shahrida ijarada yashovchi talabalarning uylarida FVB xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurib profilaktik tushintirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.