Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida yong‘inga qarshi suv ta’minotini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, 2024-yil davomida yong‘inga qarshi suv ta’minotini yaxshilash va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.