Bugun, 28-yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Maxsus-taktik oʻquv mashqi davomida hech kim jabrlangani yoʻq.