“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida kuchli qor yog‘ishi oqibatida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.  

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 29-yanvar kuni soat 15:00 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.