Andijon viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlarining malakaviy amaliyotini o‘tash amalga oshirilmoqda. Tadbirda FVV Akademiyasi kursantlari bilan bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkillashtirish bo‘yicha Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan yo‘riqnomalar o‘tilmoqda. Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta'minlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.