Talabalar bilan tungi o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi Oliy oʻquv yurtining talabalar turar joyida tungi oʻquv mashqi o‘tkazildi. 

Shuningdek, tadbir davomida bilim yurtining talabalari bilan is gazidan zaharlanish hamda qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.