Namangan viloyati FVB boshchiligida Davlatobod tumani markaziy shifoxonasida yong‘in o‘chirish tungi amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilib, unga tumanning hamkorlikdagi xizmatlari jalb etildi.
Tadbir davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar berib o‘tildi.