Favqulodda vaziyatlar vazirligining Targ‘ibot guruhlari tomonidan Toshkent viloyati, Surxondaryo viloyati, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Namangan viloyati Pop tumani va Namangan shahriga amaliy tashrifi davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, vazirlik tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibi to‘grisida uchrashuvlar o‘tkazildi.