“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida qalin qor yog‘ishi oqibatida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.  

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 4-fevral kuni soat 10:05 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.