Avtomobillar bozorida amaliy yong‘in o‘chirish mashqi tashkil etildi

Namangan viloyati FVB tomonidan joriy yil 4-feral kuni Namangan shahridagi avtomobillar bozori hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha amaliy yong‘in o‘chirish mashqi o‘tkazildi. Tadbir davomida transport vositalarida yong‘in yuzaga kelganda uni qay tartibda bartaraf etish amaliy tartibda ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bundan tashqari bozor ishchilari hamda fuqarolarga bozor ichki qismida maxsus transport vositalari uchun ajratilgan yo‘laklarni doimiy bo‘sh holatda turishi hamda yong‘inga qarshi suv hovuzlarini va yong‘inga qarshi qalqon hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini soz holatda saqlash bo‘yicha, shuningdek, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.