O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.
Buxoro Harbiy Prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Buxoro harbiy gornizoni hamda "Vatanparvar" tashkiloti ishtirok etib, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy hamda "Vatanparpar" tashkilotining sport qurol-aslahalarini tomosha qilish bilan bir qatorda, yong‘in-qutqaruv avtomobillarining ko‘rgazmali namoyishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.