Bundan roppa-rosa bir yil avval, 6-fevral kuni Turkiyada dahshatli zilzila sodir bo‘lib, o‘n minglab insonlar halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan qardosh turk xalqiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv otryadlari tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan shaharlarga jo‘natildi. Bugun, oradan bir yil o‘tib Turkiya OAVlari o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning qahramonona mehnatini aks ettiruvchi bir qancha materiallar tayyorladi.