Bugun, 8-fevral kuni “Qamchiq” dovonida noqulay ob-havo kuzatilishi sababli A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining dovon qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan vaqtda FVV rahbarligida FVDqT tashkilotlari darhol yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazildi. Shuningdek, yo‘lda qolgan yo‘lovchilar “Qamchiq” dovonining "Temir yo‘l obod" stansiyasi orqali fuqarolar Toshkent shahriga va “Orzu” stansiyasidan kelganlarni vodiy viloyatlaridagi yashash manzillariga xavfsiz holatda jo‘natish ishlari amalga oshirildi.