Tezkor boshqaruv xizmati yo‘nalishida seminar

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan boshqarma quyi tizimidagi Tezkor boshqaruv markazlarining navbatchi dispetcherlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

 

Seminar davomida dispetcherlik xizmatida raqamlashtirish va elektronlashtirish texnologiyalarini joriy etish, yangi ilg‘or ish tajribalarini shakllantirish hamda xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.